Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qaynoq choy ichish sog‘liq uchun xavfli

Qaynoq choy ichish sog‘liq uchun xavfli

Foto: «Dreamstime»

Tibbiyot mutaxassislari 9 yil davomida 30 yoshdan 79 yoshgacha bo‘lgan 456 ming insonning salomatligi va ovqatlanish odatlarini o‘rganishdi. Shu vaqt ichida ular 1731 ta qizilo‘ngach saratoni xastaligini aniqlashdi.

Olimlar tadqiqot davomida onkologik kasalliklar muntazam issiq choy ichgan va kuniga 15 gramm alkogol iste’mol qilgan kishilarda 5 barobar ko‘proq kuzatilishini aniqladilar.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, 65 darajadan yuqori bo‘lgan haroratdagi ichimliklar ichki organlarning shikastlanishiga olib kelishi mumkin, bu esa onkologiya xavfini oshiradi.

Shuningdek, olimlar tamaki va spirtli ichimliklar bilan issiq suyuqlikni bir vaqtda ichishdan ehtiyot bo‘lish kerakligini aytishmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring