Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qibraydagi YTHda piyoda vafot etdi

Qibraydagi YTHda piyoda vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

Qibrayda «Damas» haydovchisi urib yuborgan 35 yoshli erkak vafot etdi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 2018-yil 25-mart kuni soat 21.30 larda Qibray tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan, A.Raximov(ism-shariflari o‘zgartirilgan) o‘ziga tegishli «Damas» rusumli avtomashinani «Qibray-Chinobod-May» avtomobil yo‘lining 6-kilometrida boshqarayotib, piyoda, Surxondaryo viloyatida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan J.Qodirovni urib yuborgan. Oqibatda J.Qodirov olgan tan jarohatlaridan hodisa joyida vafot etgan.

Qibray tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring