Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi

Qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi

Foto: «Google.com»

Huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev oliy ta’lim muassasalariga qing‘ir yo‘llar bilan kirganlarga nisbatan chora ko‘rilishi haqida qonunchilikdagi o‘zgarish borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Yodingizdami, kanalim orqali bir qiziq mavzuni ko‘tarib chiqqan edim. Ya’ni kirish imtihonlarida qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirgan abituriyentlarni ularning aybi keyinchalik aniqlangan taqdirda ham, talabalikdan chetlashtirib bo‘lmasligi, buning qonuniy asosi yo‘qligi haqida. Esladingiz-a?

Kecha e’lon qilingan Vazirlar Mahkamasining 360-sonli qarori bilan ushbu masalaga ham oydinlik kiritib ketilibdi.

Aniqrog‘i “Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qo‘shimcha kiritildi hamda talabani OTMdan chetlatishga asos bo‘ladigan holatlar ro‘yxati quyidagi band bilan to‘ldirildi:

«z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);»

Menimcha, ushbu bandni sharhlashga ehtiyoj bo‘lmasa kerak. Taklifimiz to‘liqligicha qabul qilinibdi, tashakkur.

Aytgancha, talabani OTMdan chetlatish tartibiga yana bir kichik o‘zgarish kiritildi, ya’ni endilikda talaba OTMning odob-ahloq qoidalarini buzgan bo‘lsa ham, uni talabalikdan chetlatish mumkinligi belgilandi. Ilgari mazkur bandda faqat o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalari sanalgan edi».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring