Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iziston Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri bilan uchrashdi

Qirg‘iziston Prezidenti Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri bilan uchrashdi

Sooranbay Jeenbekov Qonunchilik palatasida

Foto: O‘zA

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov 14-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddinjon Ismoilov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan Parlamentlararo hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum bu sohadagi aloqalarni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Sooranbay Jeenbekov joriy yil ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixida tub burilish davri bo‘lgani, aloqalarning bugungi darajasini saqlab qolish va izchil davom ettirish muhimligini qayd etdi.

21-dekabrda Qirg‘iziston Respublikasi Jogorku Keneshi delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooranbay Jeenbekov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring