Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston yoz davomida O‘zbekistonga 500 mln kVt/soat elektr energiyasini eksport qiladi

Qirg‘iziston yoz davomida O‘zbekistonga 500 mln kVt/soat elektr energiyasini eksport qiladi

Foto:«Zamin.uz»

Qirg‘iziston O‘zbekistonga yozgi elektr energiyasini eksport qilishni davom ettiradi. Bu haqida ushbu mamlakat «Elektricheskiye stansii» OAJ matbuot xizmatiga asoslanib «Halq so‘zi» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Qirg‘iziston Respublikasining suv-energetika resurslaridan ushbu davlat meteorologiya markazi ma’lumotlarini inobatga olgan holda oqilona foydalanish maqsadida va O‘zbekiston Respublikasi bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari doirasida elektr energiyasini yozgi mavsumda yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishilgan.

«Elektricheskiye stansii» OAJ (Qirg‘iziston) va «O‘zbekenergo» AJ (O‘zbekiston) o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, bugun elektr energiyasi eksporti 2018-yil avgust oyiga qadar davom etadi.

Belgilangan muddatda 500 million kilovatt-soat elektr energiyasi uzatiladi. Bunda har bir kilovatt-soat uchun narx, Markaziy Osiyo bozorida qabul qilinganidek, 2 sentdan belgilandi.

Qayd etilishicha, Toktogul suv omboridagi suv hajmi 2018-yilda elektr energiyasini eksport qilish imkonini beradi.

Sutkalik yetkazib berish hajmi tomonlarning texnik imkoniyatlari va yuqoridagi suv omboridagi suv hajmiga qarab o‘zgartirilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring