Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘izistondan qoramol olib kelish uchun ketgan asakalik fuqaroning jasadi topildi

Qirg‘izistondan qoramol olib kelish uchun ketgan asakalik fuqaroning jasadi topildi

Foto: smolnarod.ru

Bir necha kun muqaddam Qirg‘izistondan qoramol olib kelish uchun chiqib ketgan asakalik fuqaro izsiz yo‘qolgani haqida xabar bergan edik.

Ichki ishlar vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 4-iyun kuni Farg‘ona viloyati Quva tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan, A.A. va Quva tumanida yashovchi A.R. fuqaro S.Tga Qirg‘izistondan arzon narxda qoramol olib berishni va’da qilgan.

Ular «o‘lja»ni Farg‘ona tumani hududidagi adirlikka olib borgan va bo‘g‘ib o‘ldirgach, unga tegishli bo‘lgan 3.600 AQSh dollarini oladi. So‘ngra jasadni benzin bilan yoqib, adirlikka ko‘mib yuborgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu jinoyat fosh etildi. Qotillikka qo‘l urgan A.A. va A.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring