Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qizim ravon yurolmaydi... O‘g‘limning oyoqlari yassi... (video)

  • Ikki yoshli qizimning oyoqlari yassi, yurganda ravon yurolmaydi. Maxsus oyoq kiyim olib berdik, massaj qildirayapmiz, lekin foydasi bo‘lmayapti maslahat bering...
  • Jiyanim yura boshlaganda oyog‘ini noto‘g‘ri bosayotganini payqab qoldik. Vrach tug‘ruq vaqtida son suyagi joyidan siljigan dedi. Buning qanday davosi bor?..
  • Qizim 4 yoshda. Oyog‘i «X»simon. Buni to‘g‘irlasa bo‘ladimi? Qanday chora ko‘rish kerak?..
  • O‘g‘il nabiram 3 yoshda. Oyoqlarining ikkala tizzasi bir biriga yaqinlashib qolyabdi. Yurganida tizzadan pastida burchak paydo bo‘ladi. Qanday tavsiya berasiz?..

Bu savollar aziz farzandlarining dardiga davo izlagan jonkuyar ota-onalardan kelgan. Hech kimning jigarbandi kasal bo‘lmasin ekan. Ammo darddan qochish, chekinish emas, unga qarshi samarali kurashish kerak.

Ortoped-travmatolog, tibbiyot fanlari nomzodi, malakali shifokor Abduxalil Xo‘janov o‘z umrini ana shu sharafli ishga bag‘ishlagan. Bugun «Xabar.uz» axborot tahliliy portali mushtariylari shifokorning maslahatlaridan bahramand bo‘ladilar va o‘z savollariga javob oladilar. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring