Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qonun barchaga baravar! Qoida buzgan YPX xodimi jazolandi

Qonun barchaga baravar! Qoida buzgan YPX xodimi jazolandi

Foto: «GUVD.uz»

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan murojaatda piyodalar o‘tish joyida to‘xtab turgan «Neksiya» rusumli patrul avtomobili fotosurati aks ettirilgan edi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ushbu xabar yuzasidan tekshiruv ishlari olib bordi.

Yo‘l harakati qoidasini buzgan patrul post birgadasi haydovchi xodimi S.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 1286-1-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining 3 barobari miqdorida (bugungi kunda — besh yuz o‘n olti ming yetti yuz yigirma so‘m) jarima tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring