Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qora dehqonchilik». Afg‘oniston o‘z rekordini yangiladi (infografika)

«Qora dehqonchilik». Afg‘oniston o‘z rekordini yangiladi (infografika)

«Ajal maydoni».

Foto: «TheHZ»

Afg‘oniston 2017-yili 9 ming tonna opium yetishtirdi, bu o‘tgan yilgidan 87 foiz ko‘pdir. Aksariyat global reytinglarda oxirgi o‘rinlarni egallab turuvchi bu mamlakat ayni reytingda eng yuqori o‘rinni band etdi.

Bu holat, bir tomondan, opium nashasi yer maydonlarining 63 foizga kengayib 328 ming gektarga yetgani bilan ham izohlanadi. Buning ustiga bu yil «hosil» ham mo‘l bo‘ldi — endi bir gektarga taxminan 27 kilogramm opium to‘g‘ri kelyapti. «Qora dehqonchilik»da mahsuldorlik oshishining eng xavotirli jihati shuki, endi yanada arzon va kuchli «ajal og‘usi» dunyo bozorlariga ko‘proq tarqaydi.

Afg‘oniston — nasha (undan opiy moddasi, keyin geroin olinadi) yetishtirishda dunyoda yetakchi mamlakat. Nasha yetishtirish va narkotiklar savdosi «Tolibon» terrorchilar guruhining asosiy daromad manbai sanaladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring