Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qora qit’aning futbol afsungarlari. «Yilning eng yaxshi futbolchisi» kim?

Qora qit’aning futbol afsungarlari. «Yilning eng yaxshi futbolchisi» kim?

Foto: «Xabar.uz»

Afrika qit’asida «Yilning eng yaxshi futbolchisi»ni aniqlash tadbiri tanlovi 1992 yildan buyon o‘tkazilib kelinadi. Dastlab bu marosim «Yilning eng yaxshi Afrika sporti yulduzi» deb nomlanar edi. Biroq, keyinchalik uning maqomi o‘zgardi. Tanlovning nomi o‘zgarganidan so‘ng mukofotni birinchi bo‘lib mashhur futbolchi Abede Pele qo‘lga kiritgan. Uning o‘g‘illari Andre va Jordan Ayyuni futbol muxlislariga yaxshi tanish. Ular ayni vaqtda Angliya Premer ligasida o‘ynashadi.

Afrika futbolining ushbu nufuzli tadbiri 1970 yilda ta’sis etilgan. O‘sha vaqtdan buyon ushbu mukofotga Abede Pele, Roje Milla, Jorj Vea kabi yulduzlar loyiq topilgan. U vaqtlarda raqobat unchalik kuchli bo‘lmaganligi bois, o‘rta darajadagi, ammo bitta mavsumda ko‘zga ko‘ringan o‘yinchi ham bu mukofotni qo‘lga kiritar edi. Biroq vaqt o‘tgan sari Afrikaning bir yoki ikki emas, balkim 20 dan ziyod davlatidan iqtidor egalari yetishib chiqaverdi. Natijada Afrika futboli taraqqiy topdi va kerak bo‘lsa Yevropaning manaman degan grand jamoalaridagi og‘ir mehnatni aynan ular bajaradigan bo‘lishdi.

Buni o‘ylagan ushbu qit’a futbol vakillari tanlov nomiga bir talay o‘zgartirishlarni kiritdi. E’tiborli tomoni, ushbu sovrin 1984 yildan buyon Yevropa jamoalarida to‘p tepayotgan futbolchilarga nasib etar ekan. Faqatgina 1983 yilda Marokashning «Far» jamoasi a’zosi Muhammad Timuni Afrika klubida to‘p surib bunga loyiq topilgan.

Afrikada to‘rt yil ketma-ket «Yilning eng yaxshi futbolchisi» bo‘lish faqat Yaya Turega nasib etgan.
Foto: Sports.ru

Demak, 34 yildan beri «Afrikaning eng yaxshi futbolchisi» maqomini Yevropada o‘zini ko‘rsatgan yulduzlar qo‘lga kiritmoqda. So‘nggi 15 yilni oladigan bo‘lsak, bu vaqt ichida kamerunlik Samuel Eto′O va Yaya Turelar to‘rt marotabadan sovringa ega chiqqanlar.

E’tiborlisi, Ture bu mukofotni Afrikada raqobat kuchaygan davrga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, zamonaviy futbol yulduzlaridan Dide Drogba, Emmanuel Adebayor, Frederik Kanute, Hoji Diuf va Muhammad Abutrika kabilar ham bir martadan mukofot egasiga aylanishgan. Lekin Afrikada ham ba’zi yillarda sovrinlar haqiqiy egalariga topshirilmagan. Tanish-bilishchilik deganlaridek...

Misr, Jazoirda ham kuchli futbolchilar to‘p suradi. Faqat, ularning ko‘pchiligi o‘z milliy chempionatlarda o‘ynagani bois omad Yevropada to‘p suradigan afrikaliklarga kulib boqadi. o‘tgan yili Angliya Premer-ligasida «Lester» jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritgan futbolchisi Riyod Mahrez ayni paytda «Afrikaning eng yaxshi futbolchisi» maqomi sohibi hisoblanadi.

2016 yilda Riyod Mahrez Afrikaning eng yaxshi futbolchisi maqomiga ega bo‘lgandi
Foto: AFS

2017 yil yakunlari bo‘yicha bu mukofotga Per-Emerik Obameyyang, Nabi Keyta, Sadio Mane va Muhammad Salohlar da’vogarlik qilishmoqda. Katta ehtimol bilan bu sovrin Misr terma jamoasini JChga olib chiqqan Muhammad Salohga topshirilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring