Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda tanishini o‘qishga kiritish va’dasi bilan 4 ming «ko‘ki»ga tushirgan fuqaro ushlandi

Qoraqalpog‘istonda tanishini o‘qishga kiritish va’dasi bilan  4 ming «ko‘ki»ga tushirgan fuqaro ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va IIV xodimlari bilan hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston davlat madaniyat va san’at instituti Nukus filiali talabasi M.A. fuqaro X.M.ning ishonchiga kirib, tanishlari orqali o‘zi tahsil olayotgan oliygohga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, 4000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring