Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi, yangi mobil ilova, uch sektorning va’dasi, soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish, Buxorodagi MXX tomoshalari, xaker bilan suhbat va boshqa xabarlar

Mirziyoyevning Qozog‘istonga tashrifi, yangi mobil ilova, uch sektorning va’dasi, soliq qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarish, Buxorodagi MXX tomoshalari, xaker bilan suhbat va boshqa xabarlar

Bugun, 12-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Navbatdagi tashrif: Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Oliy darajali muzokaralar rejasiga muvofiq, shu kuni Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Qozog‘istonda O‘zbekiston kunlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Har ikki davlat rahbari san’at ustalarining gala-konsertiga tashrif buyurishadi.

Toshkentda o‘tadigan Afg‘oniston bo‘yicha konferensiyada «Tolibon» harakati qatnashadimi?

Afg‘oniston bo‘yicha «Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik» nomli xalqaro konferensiya joriy yilning 26-27-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Bugun, 2018-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi.

Infografika

Avtomaktabda nimalarni o‘rgatishmaydi? (infografika)

Mashina boshqarishni yaqinda boshlagan haydovchilar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazildi. Unga ko‘ra avtomaktabda nimalarni o‘rgatishmasligi ayon bo‘ldi.

Iqtisodiyot

150 kishi ish bilan ta’minlangan korxona faoliyatidan fotoreportaj

Loyiha doirasida viloyatlar hokimliklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi axborot xizmatlari rahbarlari hamda hududiy bosma OAV tahririyatlari bosh muharrirlari ishtirok etdi.

O‘zbekistonda dollar narxi tushishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 13-martdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Kartoshka qachon arzon bo‘ladi? Dehqonning dardini kim eshitadi?

Bozorda bir mahsulotning narxi ko‘tarilsa, hamma vahimaga tushadi va bunga qarshi darhol choralar ko‘riladi. Lekin ayrim mahsulotlarning narxi tushib ketib, dehqon kasodga uchraganda uning dardi bilan hech kimning ishi bo‘lmaydi. Axir buning ortida qancha odamning mehnati, qancha oilalarning taqdiri yotibdi...

Jamiyat

Foto. Prezident borgan logistika markaziga media-tur tashkil etildi

Mazkur logistika markazida eksport qilinadigan mahsulotlarning bojxona tekshiruvi va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish ishlari uchun uzog‘i bir soat vaqt sarflanadi.

Yengil yomg‘irdan so‘ng. Sergelidagi uylarni ko‘ring

«Quruvchilar loyihamizga ko‘ra hovlida basseyn qurishni rejalashtirgandik, deya ushbu vaziyatdan ham chiqib ketishning yo‘lini topadi», — deb yozadi internet foydalanuvchilaridan biri.

Tojikistonga vizasiz rejim qachon kuchga kiradi?

2018-yilning 9-10-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida fuqarolarning o‘zaro kelib ketishlari to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolangan edi.

Yashirincha radar tutish qat’iy taqiqlandi

Ushbu tartib Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Rustam Jo‘rayevning topshirig‘iga asosan joriy etildi.

Hokim, MXX, prokuror va’da berdi: «Xorijda adashgan yurtdoshlarimizni qaytaringlar, ularni qamamaymiz»

Yig‘ilishda Samarqand viloyati hokimi, viloyat prokurori, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudi raisi, viloyat MXX rahbari, viloyat IIB boshlig‘i, viloyatdagi barcha masjidlarning imom-xatiblari, qidiruv e’lon qilingan fuqarolarning oila a’zolari, jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Hodisa

Moskva — Buxoro yo‘nalishidagi samolyot favqulodda qo‘ndirildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining «Boeing 767» layneri ekipaji mahalliy vaqt bilan soat 19:15 da belgilangan yo‘nalish bo‘yicha parvozlarni amalga oshirdi va Toshkent vaqti bilan 22:41 da «Buxoro» xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Surxondaryoda kollej o‘quvchisi o‘z farzandini o‘ldirib, kanalga oqizib yubordi

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida 2018-yil 7-8-mart kuni Qishloqazon mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanaldan yangi tug‘ilgan o‘g‘il bola chaqaloqning bo‘yin sohasiga mato bo‘lagi bog‘langan holda jasadi topilgan.

Odam urib yuborgan haydovchi qochib ketgani uchun piyoda halok bo‘ldi

Bo‘stonliq tuman IIB xodimlarining sa’y-harakatlari bilan «Matiz» avtomashinasi haydovchisi X.A. shu kunning o‘zida qo‘lga olingan. Unga nisbatan Bo‘stonliq tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Madaniyat

«O‘lmas Kashshey» vafot etdi

Tabakov 1935-yilning 17-avgustida Saratovda, shifokorlar oilasida tug‘ilgan. U 1957-yilda MXAT maktab-studiyasini tamomladi va ko‘plab sahna asarlarida rol ijro etdi. U Chexov nomidagi Moskva badiiy teatrini 200 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi.

Texnologiya

«Telegram»ni «App Store»dan o‘chirib tashlashsa yoki bloklashsa, uni «iOS»ga o‘rnatish yo‘llari

«Telegram» asoschisi Pavel Durovning foydalanuvchilar ma’lumotlarini hech kimga oshkor qilmaslik borasidagi mustahkam pozitsiyasi ko‘plab korporatsiya rahbarlarining norozligiga sabab bo‘lmoqda.

Amerikalik yigitcha 3D-printer yordamida mo‘’jiza yaratmoqda (foto)

Iston LaShapel o‘zining birinchi robotlashtirilgan protezini 14 yoshida yaratgan, sakkiz yildan so‘ng esa zamonaviy texnologik protezlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Unlimited Tomorrow» kompaniyasiga asos soldi.

«Xabar.uz» portalining mobil ilovasi ishga tushirildi

«Xabar.uz» portali o‘z foydalanuvchilari uchun ajoyib yangilik tayyorladi. Endilikda mamlakatimiz va xalqaro maydonda sodir bo‘layotgan muhim voqealar, dolzarb xabar va yangiliklarni «Xabar.uz» mobil ilovasi orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Xaker bilan intervyu: «Istagan odamning shaxsiy hayotidan xabardor bo‘lish mumkin»

Xakerlar shartli ravishda ikkiga bo‘linadi: ba’zilari AT-tizimlarni oshkora tekshirishsa, boshqalari axborot o‘g‘irlashni maqsad qilishadi. Yaqinda axborot xavfsizligi bilan shug‘ullanadigan «CQURE» kompaniyasi asoschisi Pola Yanushkevich «Forbes»ga birinchi toifaga kiruvchi xakerlar haqida gapirib berdi.

Sport

Boks nega paysalga solinmoqda? Andijonda yana bir «hangoma»

O‘zbekiston professional boks federatsiyasining mas’ul xodimlari hamda tashkilotchilar 27-fevral kuni (!) 12:31 da musobaqa nizomini Andijon viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga yuborgandi. U yerda Sherzod ismli xodim taqdimnomani qabul qilib olgandi.

Buyuk Britaniya ittifoqchilarini Rossiyada o‘tadigan «JCh-2018»ni boykot qilishga undayapti

Buyuk Britaniya hukumati AQSh va Yevropadagi ittifoqchilari bilan Rossiyada 2018-yili o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha jahon chempionatini boykot qilish imkoniyatini muhokama qildi.

«Lokomotiv» so‘nggi daqiqalarda g‘alabani mag‘lubiyatga almashdi

Uchrashuvdagi hisobni 35-daqiqada Sardor Rashidov ochdi. Ammo uchrashuvning so‘nggi daqiqalari «temiryo‘lchilar» uchun nihoyatda omadsiz kechdi.

Dunyo

Xitoyda «Fusin» tezyurar poyezdi sinovdan o‘tkazildi

Yangi tezyurar poyezd 16 ta vagondan iborat bo‘lib, uzunligi 415 metrga teng, bu hozirgi vaqtda foydalanishda bo‘lgan «Fusin» poyezdlaridan ikki barobar uzun degani.

KXDR AQSh bilan muzokara o‘tkazayotganda raketalarini sinamaydi

Oldinroq u KXDR rahbari Kim Chen Inning muzokara o‘tkazish haqidagi taklifiga rozi bo‘lganini ma’lum qilgan edi.

Avstraliyada halokatli suv toshqinlari kuzatildi

Tabiy ofat do‘konlar, avtoshoxobchalar va shu kabi binolarni vayron qilgan. Shuningdek, transport infratuzilmasida ham muammolar bor.

Tavsiya qilamiz

«Aroq ham olib kelaymi?» yoxud ziyorat turizmi haqida

Mehmonxonalarda joynamozlar qo‘yilishi, aeroportlarda namozxonalar ochilishi, mamlakatimizda nafaqat xalqaro halol sertifikatining, balki milliy halol sertifikatining ham joriy etilishi kabi ishlar yaxshi bo‘layapti. Ammo yana bir muammo borki, endi uning ham yechimini o‘ylab ko‘radigan vaqt keldi.

Prezident haq bo‘lib chiqdi. Buxorodagi MXX va soliq mulozimlarining tomoshalari

Qurbon hayiti kuni qurbonlik uchun qo‘y so‘yib turgan Shavkat Qudratovning korxonasiga MXX xodimi B.Xudoynazarov boshchiligida soliq idorasi xodimlari bostirib kirishadi. Xudoynazarovning «Hibsga olinsin!» degan buyrug‘i bilan Shavkat Qudratov mahbusdek olib ketiladi.

Telefon xotirasidagi raqamlarni boshqa telefonga oson ko‘chirib o‘tkazish usuli

Telefon xotirasiga saqlab qo‘yilgan raqamlarni qanday qilib osongina boshqa bir telefonga o‘tkazish mumkin?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring