Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston shimolida 2018 yilda 600 dan ortiq bino buzilishi rejalashtirilgan

Qozog‘iston shimolida 2018 yilda 600 dan ortiq bino buzilishi rejalashtirilgan

Foto:«Lenta.inform.kz»

Shimoliy Qozog‘iston viloyati rasmiylari 2018-yilning oxiriga qadar 605 ta avariya holatidagi yoki eski binolarni buzish rejasi haqida ma’lum qildi.Bu haqda «Lenta.ru» xabar bermoqda.

Viloyat hokimligi yig‘ilishida viloyat hokimining o‘rinbosari Anton Fedyayev o‘tgan yili inshootlar inventarizatsiya qilinganidan so‘ng mintaqada 1122 ta shu kabi inshoot aniqlangani, shundan 300 ga yaqini buzilgani va 17 tasi qayta tiklanganini aytdi.

«2018-yilda 58 ob’yektni qayta tiklash rejalashtirilgan», — dedi Fedyayev. Uning so‘zlariga qaraganda, yettita tuman va Petropavlovsk shahrida 114 ta ob’yektning egasi bor.

U o‘z so‘ziga qo‘shimcha qilar ekan, mahalliy rasmiylar inshootlar egalariga bir oy muddatda ob’yektlar xavfsizligini ta’minlash vazifasini yukladi. Amaldorning so‘zlariga qaraganda, bu farmoyish bajarilmagan taqdirda ular oylik hisob ko‘rsatkichlarining 5 barobaridan 500 barobarigacha jarimaga tortiladi.

Viloyat hokimi Kumar Aksakalov bayonot berib, egalari qayta tiklash borasida chora ko‘rmaydigan ob’yektlar buzilishi kerakligini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring