Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘iston Xitoyda etnik qozoqlarning ushlanishi yuzasidan izoh berdi

Qozog‘iston Xitoyda etnik qozoqlarning ushlanishi yuzasidan izoh berdi

Foto: central asian

Qozog‘iston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Muxtor Tleuberdi parlamentda qilgan chiqishida xitoylik repatriantlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan ma’lumot berdi. Tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, ular Xitoyda ta’qibga olinmoqda ekan.

Vazir o‘rinbosarining aytishicha, Qozog‘istonda oralman maqomini olgan etnik qozoqlar Xitoyga borishlari bilan hibsga olingan, chunki ular hisobdan chiqmagan va Xitoyda hamon imtiyozlardan foydalanib kelishmoqda ekan. Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga qaraganda, ikki mamlakat rasmiylari bu masalada muzokara olib bormoqda.

«Ular u yerda doimiy ro‘yxatdan o‘chmaganlari va qo‘shimcha ijtimoiy nafaqa olganlari uchun hibsga olindilar. Mahalliy rasmiylar buni taqiqlaydi. Biz imtiyoz berish masalasiga har tomonlama  yondashishimiz zarur va [Хитойдаги] mavjud talablarni ta’minlashimiz kerak. Biz bu masalada Xitoy hukumati bilan muzokora olib bordik», — dedi Muxtor Tleuberdi.

Xitoyda etnik qozoqlar ta’qib qilinayotgani va hibsga olinayotgani haqidagi xabarlar 2017-yil aprelida paydo bo‘ldi. Xitoyning Shinjon uyg‘ur muxtor o‘lkasida hibsga olinganlar orasida o‘zlarining tarixiy vatanlariga qaytib, Qozog‘iston fuqaroligini olganlar ham bor.

O‘tgan oyda Olmaotada bir guruh oralmanlar ma’muriyatga murojaat qilib, Xitoyda qo‘lga olingan qarindoshlarining ozod etilishi uchun tinch namoyish o‘tkazishga ruxsat berishlarini so‘rashdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring