Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda qozoq tiliga oid 21 ming atama tasdiqlandi

Qozog‘istonda qozoq tiliga oid 21 ming atama tasdiqlandi

Foto:«CA-News»

Qozog‘istonda qozoq tiliga oid 21 ming atama tasdiqlandi. Bu haqda «CA-news.org» xabar bermoqda.

«Qozog‘iston madaniyat va sport vazirligi qozoq tilidagi 21 ming atamani tasdiqladi», – deydi vazir Aristanbek Muhamediuli bugun Senatda o‘tkazilgan yig‘ilishda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 40,8 foiz atama sof qozoqcha ekan.

«Bundan maqsad qozoq tilining sofligini asrash hamda atamalarning o‘z o‘rnida ishlatilishi ta’minlashdan iborat», – degan Madaniyat va sport vaziri.

Aksariyat atamalar jamoatchilikning tanqidiga uchragan, tasdiqlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring