Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istondagi avtobus halokatida jarohat olganlar ro‘yxati

Qozog‘istondagi avtobus halokatida jarohat olganlar ro‘yxati

Olmaota shahridagi Bosh konsulligimiz tomonidan Qozog‘istondagi avtobus halokati natijasida jarohat olganlar ro‘yxati ma’lum qilindi.

20 aprel, soat 05.09da, Chimkent -Olmaota trassasining 181-kilometrida «Van Hool» (davlat raqami kz213ZSA) avtobusi ishtirokida yo‘l-transport halokati ro‘y berdi. YTH natijasida 11 kishi vafot etgan va 29 nafari turli darajada tan jarohatlari olgan.

Ayni vaqtda O‘zbekiston fuqarolari orasida halok bo‘lganlar haqida rasmiy xabar yo‘q.

O‘tror shahri kasalxonasiga turli tan jarohatlari bilan keltirilgan hamyurtlarimiz:

1.Jumaniyazova Marhamat, 1996 yilga tug‘ilgan. Xiva shahridan;

2. Axmetova Roxila, 1994 yilda tug‘ilgan;

3. Jabbarov Shodlik Maqsudovich, Xiva shahridan;

4. Matjonov Otabek Abdullayevich, 1985 yilda tug‘ilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi;

5. Xaydarov Sardor Anorboy o‘g‘li, 1994 yilda tug‘ilgan.

Korday shahar kasalxonasiga yetkazilgan hamyurtlarimiz:

1. Islomiddinov Abduxattar o‘g‘li, 1997 yilda tug‘ilgan;

2. Muhammadjanov Zovodbek, 1999 yilda tug‘ilgan.

Bosh Konsulligimiz Qozog‘iston respublikasi, Jambil viloyati favqulodda vaziyatlar departamenti bilan tezkor aloqada bo‘lib turibdi. Voqea joyiga Bosh konsullik vakili shoshilinch tarzda jo‘nab ketgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring