Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bu safar Xorazmda motam... Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlar ro‘yxati e’lon qilindi

Bu safar Xorazmda motam... Qozog‘istondagi YTHda halok bo‘lganlar ro‘yxati e’lon qilindi

Foto: Foto: «TengriNews»

Xabaringiz bor, kecha, 1 mart kuni Qozog‘istonning Mang‘istov viloyatida jiddiy yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Sayotes qishlog‘i yaqinida «Oqtov — Beynov» avtoyo‘lida «Shacman» yuk mashinasi «Lada Largus» yengil avtomobili bilan to‘qnashib ketishi oqibatida «Lada Largus» haydovchisi va olti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi YTH oqibatida mashinada yong‘in sodir bo‘lgani va halok bo‘lganlarning olti nafari O‘zbekiston fuqarolari ekanini xabar qilgan edi.

Bugun tongda ushbu YTH qurbonlari shaxsini aniqlanib, e’lon qilindi. Halok bo‘lganlarning barchasi Xorazm viloyatidan.

1. Allayarov Rasulbek Qo‘ziboyevich, 23.02.1981 y.t. — Xorazm viloyati Shovot tumani, Gulchi ko‘chasi, 19-o‘yda istiqomat qilgan. «Lada Largus» haydovchisi.

2. Dushamov Zokir Quronboyevich, 11.04.1977 y.t. — Xorazm viloyati Shovot tumani, «Chukli» MFYda istiqomat qilgan. («Lada Largus» yo‘lovchisi).

3. Rahimov Sherzod Saparboyevich, 12.07.1980 y.t. — Xorazm viloyati Shovot tumani, «Guliston» shaharchasida istiqomat qilgan. «Lada Largus» yo‘lovchisi).

4. Begnazarov Mardonbek Xushnud o‘g‘li, 27.10.1995 y.t. - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida istiqomat qilgan, («Lada Largus» yo‘lovchisi).

5. Madaminov G‘ayrat Rozmatovich, 13.10.1985 y.t., Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 34 o‘yda istiqomat qilgan. («Lada Largus» yo‘lovchisi).

6. Boltayev Mahmudjon Soburjan o‘g‘li, 21.09.1995 y.t. Xorazm viloyati, Yangiariq tumani «Ostono» MFYda istiqomat qilgan. («Lada Largus» yo‘lovchisi).

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring