Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonning tashqi qarzi 168.9 mlrd dollarga yetdi

Qozog‘istonning tashqi qarzi 168.9 mlrd dollarga yetdi

Qozog‘istonda 18 milliondan ortiq kishi yashaydi.

Foto: «TRAVEL.ru»

Qozog‘iston Milliy banki o‘zining rasmiy saytida mamlakatning tashqi qarzi miqdorini ma’lum qildi. Bank xabarida keltirilishicha, respublika qarzi so‘nggi o‘n yilda 74.6 mlrd dollarga oshdi. Bu haqda tnews.uz nashri xabar bermoqda.

O‘sish xorijiy kompaniyalarning neft gaz loyihalari bilan bog‘liq ichki firma qarzdorligi oshishi, iqtisodiyot va hukumatning nomoliyaviy sektori qarzi oshishi sababli sodir bo‘ldi.

2017-yil iyunda milliy bank rahbari Daniyar Akishev tashqi qarz 167.9 milliard AQSh dollarini tashkil qilishi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.

Oldinroq milliy iqtisodiyot vaziri Timur Sulaymonov hukumat yig‘ilishida davlat qarzini 2022-yilga qadar YaIM ning 26% dan 23.7% ga qadar qisqartirish rejasi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonda 18 milliondan ortiq kishi yashaydi. Mamlakatdagi o‘rtacha yashash minimumi 2018-yil yanvar oyida 25 879 tengeni tashkil qildi (taxminan 80 AQSh dollari).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring