Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qrim-Kongo gemorrogik isitma kasalligidan 3 kishi halok bo‘ldi

Qrim-Kongo gemorrogik isitma kasalligidan 3 kishi halok bo‘ldi

Foto:«Sabah.com»

Eronda Qrim-Kongo gemorrogik isitma kasalligiga chalingan 3 kishi vafot etdi. Bu haqda «Sabah» xabar bermoqda.

Eron davlat televideniyesi sayti IRINN ma’lumotlariga ko‘ra, Eron sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi doktor Iyrech Harirchi so‘nggi 3 oyda 34 kishi aynan ushbu kasallikka chalinganini ma’lum qildi. Ulardan 3 nafari halok bo‘lgan.

Qrim-Kongo gemorrogik isitma kasalligi chorva boqadigan kishilarda ko‘p uchrar ekan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring