Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qrim ko‘prigi «Google» kartasida paydo bo‘ldi

Qrim ko‘prigi «Google» kartasida paydo bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Qrim ko‘prigi «Google» kartasida paydo bo‘ldi. Bu haqda «Aif.ru» sayti xabar bermoqda.

Karta foydalanuvchilari avvalo «Google» xizmatining marshrutni yangi ko‘prik ustidan o‘tkazmaganiga e’tibor qaratishdi.

Kerch bo‘g‘ozi ustidan o‘tgan ko‘prik payshanba kuni «Google Maps» xizmati kartalarida paydo bo‘ldi.

«Android» va «iOS»ga ixtisoslashgan mobil qurilmalar kartalarida ham Qrim ko‘prigi ko‘rindi.

Ko‘prik, xabaringiz bor, 15 may kuni foydalanishga topshirilgan edi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin «KamAZ» yuk mashinasi ruliga o‘tirib, Tamandan Kerch bo‘g‘oziga 16 daqiqada ko‘prik orqali yetib bordi.

Ko‘prik 16 may kuni ertalab yengil mashinalar qatnovi uchun ochildi. Birinchi sutkada undan 20 mingdan ziyod avtomobil o‘tdi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring