Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Quranboyev Yoshlar ittifoqi xasta shoira qizga yordam berishini ma’lum qildi

Quranboyev Yoshlar ittifoqi xasta shoira qizga yordam berishini ma’lum qildi

Foto: Baxtiniso Mahmudovaning «Telegram»-kanali

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quranboyev tashkilot xasta yosh shoira Baxtiniso Mahmudovaga yordam berishini ma’lum qildi. Bu haqda u o‘zining «Facebook»dagi sahifasida yozgan. Ushbu ma’lumotni Yosh ijodkorlar kengashi ham tasdiqladi.

«O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ham Baxtiniso qizimizning taqdiriga befarq qarab turmaydi va uning sog‘ayib ketishini chin dildan istaydi. Biz uning salomatligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz», - degan Quranboyev.

Baxtiniso Mahmudova bir necha yillardan buyon umurtqa pog‘onasidagi o‘simtadan aziyat chekadi. Uning operatsiyasi Turkiyada bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uning operatsiyasi uchun 30 ming AQSh dollari (undan 11 ming dollari xayriya aksiyalari orqali yig‘ilgan) kerakligi aytilmoqda.

Baxtiniso Mahmudovaga yordam berishni istaganlar uchun:

Telefon raqami: +998919452793

Plastik karta raqami: 8600140465268465

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring