Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qur’on musobaqalari katta ekranlarda onlayn namoyish etiladi

Qur’on musobaqalari katta ekranlarda onlayn namoyish etiladi

Foto: «Muslim.uz»

Yurtimizga fayzu-baraka bo‘lib, xalqimizning ixlosini orttirayotgan ko‘p bosqichli Qur’on musobaqasining so‘nggi, hal qiluvchi bosqichi bir necha kunlardan so‘ng boshlanadi.

Musobaqaning respublika bosqichi Toshkent shahri Talabalar shaharchasidagi «Yoshlar markazi»da 21-24-aprel kunlari (yigitlar o‘rtasida) va 25-26-aprel kunlari (ayol-qizlar o‘rtasida) o‘tkaziladi.

Ushbu bosqich musobaqaning so‘nggi, respublika bosqichi ekanligi hamda «Yoshlar markazi» saroyining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tomoshabinlar uchun Qur’on musobaqasi joylarda katta ekranlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib ko‘rsatiladi.

Quyida musobaqa jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladigan masjid va boshqa joylar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin:

  1. Nukus shahridagi Imom Eshon Muhammad jome masjidi.
  2. Andijon shahridagi Devonaboy jome masjidi.
  3. Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi.
  4. Zomin tumanidagi «Ma’rifatli» jome masjidi.
  5. Navoiy shahridagi Alisher Navoiy jome masjidi.
  6. Namangan shahridagi «Yoshlar markazi» binosi.
  7. Samarqand tumanidagi Imom A’zam jome masjidi.
  8. Guliston shahridagi «Guliston» jome masjidi.
  9. Termiz shahridagi Murch bobo jome masjidi.
  10. Qarshi shahridagi «Ko‘kgumbaz» jome masjidi.
  11. Zangiota tumanidagi Zangiota jome masjidi.
  12. Farg‘ona shahridagi «Ummul quro» jome masjidi.
  13. Urganch shahridagi Oxund bobo jome masjidi.
  14. Toshkent shahridagi Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) jome masjidi.
  15. Toshkent shahridagi «Minor» jome masjidi.
  16. Toshkent shahridagi Hazrati Imom jome masjidi.

Toshkent shahri. Ayollar uchun:

  1. «Xalq iste’moli tovarlarining ko‘rgazma-yarmarka savdosi respublika markazi» («O‘zko‘rgazmasavdo»). Mo‘ljal: «Beruniy» metro bekati.

Musobaqani jonli uzatish 9:00 dan 18:00 ga qadar davom etishi belgilangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring