Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qur’on musobaqasining final bosqichi o‘tadigan joy va sanalar aniq bo‘ldi

Qur’on musobaqasining final bosqichi o‘tadigan joy va sanalar aniq bo‘ldi

Foto: «muslimaat.uz»

O‘zbekiston «Qur’on musobaqasi – 2018» tashkiliy hay’at raisi Abduhakim qori Matqulovning xabar berishicha, 25-26-aprel kunlari Qur’on musobaqasi Respublika bosqichining ayol-qizlar o‘rtasidagi bellashuvlari Toshkent shahri Talabalar shaharchasida joylashgan «Yoshlar ittifoqi» anjumanlar uyi (O‘zMU sobiq madaniyat saroyi)da bo‘lib o‘tishi belgilandi. Bu haqda «quran.uz» kanali xabar berdi.

Shuningdek, «Navro‘z» qabullar uyida katta monitorlar qo‘yilib, tomoshabinlar uchun minglab o‘rinlar hozirlanmoqda.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar ham 21, 22, 23 va 24-aprel kunlari yuqorida zikr qilingan manzilda bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan. «Minor», «Shayx Zayniddin» (Ko‘kcha) va «Hazrati Imom» (Xastimom) masjidlariga tomosha uchun monitorlar qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi markaziy masjidlarga o‘rnatiladigan katta ekranlar orqali ham musobaqa jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish mumkin.

Bellashuvda viloyatlardan 41 ta (13 ta hifz, 28 ta tilovat yo‘nalishi bo‘yicha) va O‘MI tasarrufidagi Islom bilim yurtlaridan esa 7 ta (3 ta hifz, 4 ta tilovat yo‘nalishi bo‘yicha), jami 48 nafar qoriya qizlar o‘zaro musobaqalashishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring