Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qur’on musobaqasining mutlaq g‘olibi aniqlandi

Qur’on musobaqasining mutlaq g‘olibi aniqlandi

Foto: «Azon.uz»

Avval xabar berganimizdek, 21-26-aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Bugun, 24-aprel kuni erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning taqdirlash marosimi o‘tkazildi. «Azon.uz» xabariga ko‘ra, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Nuriddinov Yo‘ldoshbek qori Ibrohim o‘g‘li «O‘zbekiston Qur’on musobaqasi-2018»ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin sohibi bo‘ldi.

Qayd etish kerak, oliy o‘rin sohibiga Prezident sovg‘asi — «Lacetti» mashinasi topshirildi.

Taqdirlash marosimi nihoyasiga yetgach, Prezident sovg‘asi — «Lacetti» avtomobili Yo‘ldoshbek qorining ustozlari va kursdoshlari hamrohligida Toshkent Islom institutiga olib kelindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring