Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Quvonovlar xonadoni quvonchga to‘ldi...

Quvonovlar xonadoni quvonchga to‘ldi...

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining «Obod xonadon — yurt ko‘rki» loyihasi doirasida Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumani «Qorag‘uppa» qishlog‘idagi Dilshod Quvonov xonadoni rekonstruksiya asosida qaytadan qurib berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, oila boshlig‘i D.Quvonov 2-guruh nogironi. Ro‘zg‘or uning 207 ming so‘mlik nogironlik nafaqasi va mahalladan beriladigan bolalar puli evaziga o‘tadi.

— Yetishmovchilikdan hovlimizning teng yarmini sotishga ham majbur bo‘ldik, — dedi oila bekasi Nargiza Quvonova. — Dori-darmonga ko‘p pul zarur edi. Boshqa hech narsa haqida o‘ylamasdik. Ho‘jayinim tuzalib, oyoqqa tursa hammasi yaxshi bo‘ladi, deb umid qilaman. Ayniqsa, qish kelaversa, tashvishga tushib qolaman. Tomlardan chakka o‘tadi, sovuq. Devorlar to‘kilib tushay deydi...

Endi ushbu xonadon Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining xayriya mablag‘lari hisobiga qishloqning eng obod va ko‘rkam xonadonlaridan biriga aylandi. Uy butunlay rekonstruksiya qilinib, uyning eshik va romlari yangilandi, pol va devor qismi almashtirildi, oshxona va hovli sahni ham qaytadan qurilib, qulayliklar yaratildi.

Uyni egalariga topshirish marosimida Pastdarg‘om tuman hokimi Sobir Ergashev, tuman prokuraturasi va xotin-qizlar qo‘mitasidan vakillar, Toshkentdan mehmonlar — O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining raisi Jahongir Sarimsoqov o‘z sovg‘a salomlarini topshirdi.

Tuman hokimligi Quvonovlar xonadoniga besh million so‘m pul, zamonaviy gaz plitasi (to‘ldirilgan gaz balloni bilan) va televizor taqdim etdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring