Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rasman. AQShlik tadbirkor Zokir Aliyev DXX tomonidan qo‘lga olingan

Rasman. AQShlik tadbirkor Zokir Aliyev DXX tomonidan qo‘lga olingan

Foto: «Sof.uz»

Asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan tadbirkor Zokir Aliyev Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqatilgan, keyin esa viloyat IIB bu xabarni rad etgan edi.

O‘zAning ma’lum qilishicha, Zokir Aliyev shu yilning 16-iyun kuni O‘zbekiston davlat xavfsizlik xizmati tomonidan qo‘lga olingan.

Zokir Aliyev ko‘plab mamlakatlarda, xususan AQSh va Rossiya davlatlari tomonidan terrorchilik tashkiloti deya tan olingan «O‘zbekiston islom harakati» a’zosi bo‘lgani aytilmoqda. U 2014-yilda AQSh fuqaroligini olgan.

Manbada aytilishicha, qo‘lga olish jarayonida Z.Aliyev noqonuniy faoliyatiga iqror ekani to‘g‘risida ko‘rsatma bergan. Xususan, u 2000-yilda «O‘zbekiston islom harakati»ga sodiq bo‘lishga qasamyod qilgan, Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan hamda Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumat kuchlari va koalitsiya qo‘shinlariga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

«O‘zbekiston islom harakati»ning boshqa a’zolari bergan ko‘rsatmalarga asosan, diniy-ekstremistik va terroristik faoliyatni amalga oshirgani uchun 2005-yilda DXX tergov bo‘limlari tomonidan Z. Aliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159, 223 va 2442-moddalari bo‘yicha 646-sonli jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi paytda Zokir Aliyevga nisbatan tegishli ehtiyot chorasini qo‘llash masalasi hal qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring