Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ravshan Ermatov guruhi jahon chempionati oldidan so‘nggi seminarda qatnashmoqda

Ravshan Ermatov guruhi jahon chempionati oldidan so‘nggi seminarda qatnashmoqda

Foto: www.the-uff.com

Shu kunlarda Italiyaning Koverchiano shahrida Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida qatnashadigan FIFA referilari va hakamlar nazoratchilari uchun seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda mundialda qatnashadigan hamyurtimiz Ravshan Ermatov va uning yordamchilari Abduhamidullo Rasulov hamda Jahongir Saidovlar ishtirok etishmoqda.

Shuningdek, jahon chempionatida hakamlar nazoratchisi sifatida ishlaydigan Farhod Abdullayev ham mazkur seminarda qatnashyapti.

Hakamlar seminarda nazariy mashg‘ulotlar bilan birgalikda har kun ikki mahaldan amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazishyapti. Har bir seminar ishtirokchisi ertalab va kechqurun 2,5 soatdan jismoniy mashqlar olib bormoqda.

Rossiyada 14-iyun kuni boshlanadigan jahon chempionati oldidan o‘tkazilayotgan so‘nggi seminar bugun nihoyasiga yetadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring