Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Respublika Xalq banki: «Har oy 3 million pensionerga 1,5 trillion so‘m mablag‘ yetkazib berilmoqda»

Respublika Xalq banki: «Har oy 3 million pensionerga 1,5 trillion so‘m mablag‘ yetkazib berilmoqda»

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston milliy matbuot markazida «Xalq banki: islohot va samara» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Ushbu tadbirda Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nizomiddin Abbosov, iqtisodiy tahlil departamenti direktori Jamol Yusupov, pul muomalasi va kassa operatsiyalari departamenti direktori Jasur Mahmudov, jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini boshqarish departamenti direktori Muxtor Eshniyozov Xalq banki tizimida keyingi yillarda olib borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar hamda ularning ijrosi xususida ma’lumot berishdi.

Foto:«Xabar.uz»

Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nizomiddin Abbosov tadbirni ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 23-martdagi «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroriga to‘xtalib, endilikda mijoz bank hududiga to‘sqinliklarsiz (hujjatlarsiz) kirishi, kredit berish bosqichlari to‘g‘risida mijozni o‘z vaqtida xabardor qilish yo‘lga qo‘yilganini bildirdi.

Foto:«Xabar.uz»

Shuningdek, tadbirda bank tizimida pensiya va nafaqalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirish borasida qilinayotgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.

Foto:«Xabar.uz»

— Xalq bankining sayyor kassalari orqali respublikamizning 3 milliondan ziyod pensionerlariga bir oyda 1,5 trillion so‘m har oyning 27-sanasiga qadar yetkazib berilmoqda, — deydi Pul muomalasi va kassa operatsiyalari departamenti direktori Jasur Mahmudov. — Xalq bankining barcha hududiy va tuman filiallarida pensiya va nafaqa to‘lovlari bo‘limi tashkil etildi. Har bir sayyor kassa buxgalter-nazoratchi xodimlari 2000 ta planshet bilan ta’minlangan bo‘lib, pensiya mablag‘larining berilishi bilan bog‘liq hisobotlar jarayoni avtomatlashtirildi.

Matbuot anjumani yakunida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring