Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Reyting yangilandi. Xalq dardiga quloq solayotgan 3 hokim

Reyting yangilandi. Xalq dardiga quloq solayotgan 3 hokim

Foto: Facebook / «Xalq bilan muloqot / Dialog s narodom»

«Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot / Dialog s narodam» guruhida 2018-yil yanvar oyida aholi tomonidan tushgan murojaatlar bilan ishlashda jonbozlik ko‘rsatgan 3 nafar hokim nomi aniqlandi.

E’lon qilingan reytingda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov (4930 ta murojaatning 76 foizini qanoatlantirgan), Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev (6573 ta murojaatning 71 foizini qanoatlantirgan) hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev (5337 ta murojaatning 71 foizini qanoatlantirgan) nomi ko‘rsatilgan.

Mazkur reyting Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning qanoatlantirilishi darajasiga qarab tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilgacha bo‘lgan davrdagi reytingga ko‘ra Erkinjon Turdimov (Surxondaryo), Shuhratbek Abdurahmonov (Andijon), G‘ulomjon Ibragimov (Toshkent viloyati) kuchli uchlikni zabt etgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring