Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kavani Ronalduga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

Kavani Ronalduga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi

Bugun Rossiya yashil maydonlarida o‘tayotgan jahon chempionati nimchorak final bosqichi doirasidagi uchrashuvlarga start berildi.

Biroz avval o‘tkazilgan uchrashuvda Messi va uning jamoasi Fransiyaga mag‘lub bo‘lib, mundialni erta tark etgan edi.

Urugvay va Portugaliya terma jamoasi o‘yin esa Yevropa chempionlarini jahon chempionatini tark etishga majbur qildi.

Uchrashuvdagi hisob PSJ hujumchisi Kavani tomonidan ochildi. U Suaresning uzatmasini boshi bilan zarba berib golga aylantirdi.

Ikkinchi bo‘limda Pepe burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘llab, hisobni tenglashtirdi.

Oradan ko‘p o‘tmay yana Kavani katta sahnaga chiqdi. Uning uzoq burchakka yo‘llangan aniq zarbasi urugvayliklarning keyingi bosqichga chiqishini ta’minladi.

Urugvay – Portugaliya 2:1
Gollar: 1:0 – 7 Kavani, 1:1 – 55 Pepe, 2:1 – 62 Kavani.
Urugvay – Muslera, Godin, Ximenes, Kaseres, Nandes (Sanches, 81), Laksalt, Bentankur (Rodriges, 63), Torreyra, Vesino, Kavani (Stuani, 74), Suares.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Rikardu Pereyra, Fonte, Adriyen Silva (Kuarejma, 65), Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh (Andre Silva, 74), Bernardu Silva, Joau Mariu (Fernandesh, 85), Ronaldu.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring