Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ronaldu va Messidan keyin porlagan Keyn

Ronaldu va Messidan keyin porlagan Keyn

Messi va Ronalduni ortda qoldirgan ilk yulduz

Foto: «Eurosport»

Londonning «Tottenxem» klubi hujumchisi Harri Keyn 2017 yili kiritilgan gollari bo‘yicha Messi, Ronaldu, Kavani va Levandovskilarni ortda qoldirdi, u raqiblar darvozasiga 56 ta to‘p kiritdi...

  • Keyn joriy yilning oktyabridayoq APLda kiritilgan gollar (84 ta) bo‘yicha Krishtianu Ronalduni ortda qoldirgan edi. Buning uchun unga 73 ta o‘yin kifoya qildi.
  • Keyn 60-yillardan beri kalendar yil davomida 50 va undan ortiq gol kiritgan ilk futbolchi sanaladi.
  • Keyn bahorda jarohat olib bir oy futboldan chetda qolgan bo‘lsa-da, Messi va Shirerni ham ortda qoldirdi.
  • Keyn mana uch yildirki, APLda mavsum davomida 20 tadan ortiq gol urdi. Bunday sharafga hozirgacha faqat Aguero, Shirer, Anri hamda van Nistelroylar erishgan.
  • Keyn 2009 yildan buyon yil davomida to‘p kiritish bo‘yicha Messi va Ronalduni ortda qoldirgan ilk futbolchi. O‘shanda David Vilya “Barselona” safida 43 to‘p kiritgan edi.
  • Keyn Shirerning 22 yil mobaynida APLda kalendar yil davomida kiritilgan gollar rekordini yangiladi. Shirer 1995 yilda chempion jamoa «Blekbern» safida harakat qilgan va 36 marotaba raqiblar darvozasini aniq nishonga olgan edi.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring