Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya defoltga uchrashiga bir necha soat qoldi — Bloomberg

Rossiya defoltga uchrashiga bir necha soat qoldi — Bloomberg

Foto: Vesti.ru

Rossiya defoltga uchrashiga bir necha soat qoldi. Bugungi yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi Rossiyaning $100 millionlik muddati o‘tgan davlat obligatsiyalarini to‘lash muddati tugaydi, deb xabar berdi Bloomberg.

Defoltni Rossiya rasman e’lon qilmaydi, biroq investorlar o‘z pullarini olishmasa, majburiyatlarni bajarmaganlik fakti yuzaga keladi. Agentlik xabarida aytilishicha, Rossiya 1918-yildan beri ilk marotaba tashqi qarzlar majburiyatlarini bajarmaslik — defoltga duch kelishi mumkin.

O‘z navbatida, Kreml Yevropa ittifoqini «Rossiyani «sun’iy defolt»ga itarishda aybladi.

Prezident Vladimir Putin tashqi qazlarni rublda to‘lash haqidagi farmonni 22-iyun kuni imzolagandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring