Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiya Federal soliq xizmati delegatsiyasi Davlat soliq qo‘mitasiga keldi

Rossiya Federal soliq xizmati delegatsiyasi Davlat soliq qo‘mitasiga keldi

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

Kecha, 6-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botirjon Parpiyev O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati rahbari o‘rinbosari Aleksey Overchuk boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Parpiyev Soliq ma’muriyatchiligi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish, soliq-budjet siyosati va iqtisodiy hamkorlik borasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ishlab chiqishda amaliy yordam ko‘rsatishga rozilik bildirilgani uchun Rossiya Federatsiyasi Federal soliq xizmati rahbariyatiga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro tajriba almashish, ikki davlat soliq ma’murchiligi amaliyotida erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashish va kelgusida sohani rivojlantirish borasida uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Xususan, davlat budjetiga tushadigan tushumlarni prognozlash, soliq ob’yektlarini hisobga olish, mahalliy budjetlar mutanosibligiga erishish, moliyaviy nazorat bo‘yicha samarali mexanizmlarni takomillashtirish va boshqa yo‘nalishlarda ilg‘or tajriba, texnologiyalar va bilimlarni jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida Rossiya Federatsiyasi soliq organlarining bugungi kundagi rivojlanish darajasi, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, elektron xizmatlar va dasturiy ta’minot vositalari, soliq to‘lovchilarga yaratilgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil axborot olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring