Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya hazillashmayapti. Misr ham tor-mor etildi (video)

Rossiya hazillashmayapti. Misr ham tor-mor etildi (video)

Foto: «fifa.com»

Jahon chempionati guruh bosqichi 2-turining dastlabki o‘yinida turnir mezboni – Rossiya terma jamoasi Misr bilan uchrashdi.

Cherchesov shogirdlari bu o‘yinda dastlabki tur bahsidagi yirik hisobdagi g‘alaba tasodifiy emasligini isbotlashdi.

Birinchi bo‘lim golsiz yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi taymda misrliklar raqibni to‘xtatib qola olmadi. Rossiyaliklarning ketma-ket gollari hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. Misr Muhammad Salohning bir goli bilan javob qaytara oldi, xolos.

Shu tarzda Rossiya muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qilib qo‘ydi. Misr esa chempionat bilan erta xayrlashadigan ko‘rinadi.

Rossiya – Misr 3:1

Gollar: 1:0 – 47, avtogol Fatxi, 2:0 – 59 Cherishev, 3:0 – 62 Dzyuba, 3:1 – 73, penalti Saloh.

Rossiya: Akinfeyev, Fernandes, Kutepov, Ignashevich, Jirkov (Kudryashev), Gazinskiy, Zobnin, Samedov, Golovin, Cherishev (Kuzyayev), Dzyuba (Smolov).

Misr: El-Shenavi, Fatxi, Gabr, Xegazi, Abdel-Shafi, El-Nenni (Uarda), Xamed, Saloh, El-Said, Trezege (Sobhi), Muxsin (Qahraba).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring