Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiya va AQSh sovuq urushga qarab ketmoqda

Rossiya va AQSh sovuq urushga qarab ketmoqda

Foto: «Pravda.Ru»

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Rossiya va AQShning hozirgi munosabatlari sovuq urush holatiga juda yaqin kelganini aytdi. Bu haqda «RIA Novosti» axborot agentligi xabar bermoqda.

«Men qattiq tashvishlanayapman. Menimcha, biz sovuq urush davrida yuz bergan voqealarga yaqinmiz», — dedi bosh kotib 29-mart kuni jurnalistlarga bergan intervyusida.

Avvalroq, GRUning sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliyaning zaharlanishi tufayli YeIning bir qator davlatlari, AQSh, Kanada, Norvegiya, Ukraina va boshqa qator davlatlar o‘z hududidan rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishini ma’lum qilgan edi. Jumladan, AQSh 48 nafar rossiyalik diplomat va 12 nafar BMTda ishlayotgan xodimlarni mamlakat hududidan chiqarib yuborishini va Sietldagi Rossiya konsulligini yopishini ma’lum qildi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi esa AQShning bu harakatlariga munosib tarzda javob berishini bildirdi.

Shuningdek, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQShdan chiqarib yuborilgan diplomatlar soniga mos amerikalik diplomatlar ham Rossiyadan chiqarib yuborilishini va Sankt-Peterburgdagi AQSh konsulligining faoliyati tugatilishini xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 4-mart kuni Buyuk Britaniyaning Solsberi shahrida Buyuk Britaniya razvedkasida faoliyat yuritgan GRUning sobiq xodimi Sergey Skripal va uning qizi Yuliya zaharlangan edi. London hukumati bu voqeada Rossiyani aybdor deb biladi. Rossiya esa buni doim rad etib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring