Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyalik futbolchilarga qamoq jazosi tayinlandi

Rossiyalik futbolchilarga qamoq jazosi tayinlandi

Foto: «RIA Novosti»

Moskva shahrining Presnenskiy tuman sudi Rossiya terma jamoasi futbolchilari  Aleksandr Kokorin («Zenit» o‘yinchisi) va Pavel Mamayevga («Krasnodar» o‘yinchisi) qamoq jazosini tayinladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Sud ularni ommaviy bezorilik va shaxslarga jismoniy jarohat yetkazish bo‘yicha aybdor deb topdi. Unga ko‘ra, Kokorin 1 yilu 6 oy, Mamayev esa 1 yil 5 oy muddatga qamoq jazosini oldilar. Ular jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydilar.

Shuningdek, bu ikki futbolchi bilan birgalikda bezorilikda ayblangan Kokorinning akasi Kirill Kokoringa 1 yil 6 oy va uning do‘sti Aleksandr Protasovitskiyga 1 yil 5 oy qamoq jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu shaxslar 2018 yilning oktyabr oyida Moskva shahrida ommaviy bezorilik uyushtirib, bir necha shaxsni do‘pposlashgandi. Jabrlanuvchilar — «Birinchi kanal» boshlovchisi Vitaliy Solovchuk, Savdo-sanoat departamentining temir yo‘l va avtosanoat departamenti boshlig‘i Denis Pak va Sanoat Boshqarmasi direktori Sergey Gaysinlar bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring