Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Rossiyaliklar qaysi davlatda yashashni istashini aytishdi

Rossiyaliklar qaysi davlatda yashashni istashini aytishdi

Foto: «Gazeta.ru»

Butunrossiya jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) rossiyaliklarning emigratsiya kayfiyatini o‘rganish maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. Bu haqda «Gazeta.ru» sayti xabar bermoqda.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, respondentlarning aksariyati (88 foizi) Rossiya hududidan boshqa davlatga chiqib ketishni tasavvuriga ham sig‘dirolmaydi. 10 foizi esa boshqa davlatga borish istagini bildirgan. Bunday xohish ko‘proq yoshlar – 18-24 yoshlilar (31 foiz) o‘rtasida kuzatilgan.

Shuningdek, so‘nggi ikki-uch yil mobaynida safarga chiqqan kishilar (19-20 foiz) chet elni orzu qilishar ekan.

So‘nggi ikki yilda xorijga ketishni istaydiganlar soni joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 17 foizdan 10 foizga pasaygan.

So‘rovda qatnashganlarning 18 foizi so‘nggi paytlarda chet elga  safarga chiqqan kishilardir.

Germaniya hanuz chet elda yashash uchun eng jozibador davlat sifatida o‘z mavqeini saqlab turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring