Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Muhammad Saloh jarohatini Ispaniyada davolaydi

Muhammad Saloh jarohatini Ispaniyada davolaydi

Foto: «Reuters»

«Liverpul» klubi hujumchisi Muhammad Saloh YeChL finalida «Real»ga qarshi kechgan uchrashuvda (1:3) yelkasidan olgan jarohatini davolash dasturini bajarishga kirishdi, deb xabar berdi «Sports.ru».

Saloh kechadan boshlab tiklanish muolajalarini boshlagan. Ertaga, 29-may kuni u davolanish kursini davom ettirish uchun Ispaniyaga yo‘l oladi.

Misr futbol federatsiyasi prezidenti Xani Abu Rida va milliy terma jamoa shifokori unga hamrohlik qilishadi. Keyinroq futbolchi Qohirada terma jamoa safiga borib qo‘shiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring