Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Majburiy mehnatni tan olmayotgan Samarqand korchalonlari, Rossiyada Prezident saylovi, Shahzodadan kutilmagan yangilik va boshqa xabarlar

Majburiy mehnatni tan olmayotgan Samarqand korchalonlari, Rossiyada Prezident saylovi, Shahzodadan kutilmagan yangilik va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 18-mart kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Samarqandga tashrif

Shavkat Mirziyoyev: «Samarqandda 25 ta zamonaviy mehmonxona quriladi»

Unda Shavkat Mirziyoyev qabul qilinayotgan ko‘plab qarorlar, isloh etilayotgan ijro tizimi, chet davlatlar bilan muzokaralar — hammasining tagidagi maqsad-muddao — inson va xalq manfaati ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi (foto)

Samarqand viloyatiga tashrifining ikkinchi kunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy gvardiya bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi.

AQSh hukumatidagi o‘zgarishlar. Toshkent konferensiyasida kim qatnashadi?

«AQSh davlat departamenti rahbariyatidagi o‘zgarishlar munosabati bilan Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etadigan AQSh delegatsiyasi tarkibida o‘zgarishlar yuz berdimi?»

Ta’lim

Shoshiling! Oliy harbiy bojxona institutiga qabul davom etmoqda

Mazkur institutga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar doimiy yashash manzilidagi bojxona boshqarmalarining Kadrlar xizmatiga murojaat etishlari mumkin.

Jamiyat

Respublikamizda umumxalq hashari boshlandi

Mamlakatimizning barcha hududlari, qishloqlar, mahallalar, tashkilot va muassasalarda bugun erta tongdan barcha hamjihatlikda obodonlik ishlariga kirishishgan.

2018-yil davomida mehnat ta’tili muddati kamayib boradi

2018-yildan boshlab rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanganligi va yillik mehnat ta’tili muddati ushbu kunlarga kamaytirilishi belgilangan edi.

«Xabar.uz» surishtiruvidan so‘ng: 23 yoshli o‘qituvchini urib yuborgan haydovchiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Tergov harakatlari olib borish jarayonida D.Yenikeyevaning o‘limi sababi yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertiza hamda yo‘l-transport hodisasi sodir etgan «KamAZ» rusumli yuk avtomashinasi bo‘yicha sudga oid avtotexnika ekspertizasi tayinlangan.

Fojia ko‘zimizni ochmadi yoxud sinalgan usuldagi javob

Maqolaga berilgan bu javob rasmiy tusda bo‘lsa-da, u negadir tuman hokimligi yoki viloyat xalq ta’limi boshqarmasining rasmiy blankasiga yozilmagan. Unda na manzil va na bayonotning chiqish sanasi ko‘rsatilgan. Muhr ham bosilmagan.

Qonun barchaga baravar! Qoida buzgan YPX xodimi jazolandi

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yuborilgan murojaatda piyodalar o‘tish joyida to‘xtab turgan «Neksiya» rusumli patrul avtomobili fotosurati aks ettirilgan edi.

Qidiruvdagi shaxs IIV saytidagi ro‘yxatdan o‘chirildi, ammo buning sababi ma’lum qilinmadi

O‘quvchilarimizga Behzod Musayev shaxsi va faoliyati haqida ko‘proq axborot berish maqsadida ma’lumotlarni qidirayotib, tasodifan Ichki ishlar vazirligining rasmiy saytida xuddi shu ismdagi O‘zbekiston fuqarosi qidiruvdagi shaxslar ro‘yxatida turganini aniqlaganimiz haqida  ma’lum qilgan edik.

Diqqat! Toshkentdagi bir qator ko‘chalarda mashina harakati to‘xtatiladi

2018-yilning 20-22-mart kunlari bayram tadbirlari o‘tkaziladigan madaniyat va istiroxat bog‘lariga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida vaziyat taqozo etganda transport vositalarining qatnovi vaqtincha to‘xtatilishi rejalashtirilmoqda.

Madaniyat

Xonanda Shahzodadan kutilmagan yangilik!

Matbuot anjumanida Shahzoda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javob qaytardi.

127 yillik kutubxonani kim qutqaradi?

Kutubxona direktori sifatida men hech qanday hujjat bilan, ya’ni boshqa joyga ko‘chish, falon bino ajratilgani bilan tanishtirilmadim. Dilni og‘ritadigan munosabatlar boshlanganiga ancha bo‘lgan. 2002-yildan buyon uch marta ko‘chirildik. Endi bo‘lsa mutlaqo bizni ko‘rib ko‘rmaslikka, bilib bilmaslikka olishmoqda.

Sport

Saloh 4 zarbani 4 ta golga aylantirdi. APLda bunday natijaga oxirgi marta Arshavin erishgan

«Liverpul» yarim himoyachisi Muhammad Salohning bir o‘zi «Uotford»ni yanchib tashladi. O‘yinda darvoza tomon bergan zarbalarining barchasi golga aylandi. 5:0 hisobida yakunlangan o‘yindan so‘ng Salohning yangi rekordlariga e’tibor qaratamiz.

«Uzbek Tigers»ning Kolumbiyaga boradigan tarkibi: Hasanboy Do‘smatov ro‘yxatda yo‘q

«Uzbek Tigers» jamoasi 23-mart kuni Butunjahon boks seriyasi doirasida Kolumbiyada jang o‘tkazadi.

Texnologiya

«NASA» yaqin orada muhim kosmik teleskopdan ayrilishi mumkin

Sayyoralar tizimlarini o‘rganuvchi tadqiqotchilar guruhi kosmik apparat o‘z ishini yakunlashidan avval imkon qadar ko‘proq ilmiy ma’lumotlarni to‘plashni rejalashtirmoqda.

Maktabgacha ta’lim muassasasidagi farzandingizni internet orqali kuzatib turish imkoniga ega bo‘lasiz

Har bir maktabgacha ta’lim muassasasi hududi o‘yin maydonchalari internet orqali kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan video kuzatuv texnikasi bilan jihozlanadi.

Dunyo

Rossiyada saylov

Muhim siyosiy jarayon. Rossiyada prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda

Prezident saylovlarida ovoz berish soat 08.00dan 20.00ga qadar bo‘lib o‘tadi. Saylov uchastkalari soni jami 97 mingtani tashkil etadi, ulardan 400dan ortig‘i xorijda joylashgan.

O‘zbekistondagi Rossiya fuqarolari prezident saylamoqdalar

Toshkentdagi saylov uyushqoqlik bilan o‘tayotganini jarayonni bevosita kuzatayotgan «Rossiya 24» telekanali muxbiri Robert Fransev ham tasdiqlagan.

Gruziyada Rossiya prezidenti saylovi uchun saylov uchastkalari ochilmadi

Gruziya va Rossiya o‘rtasida diplomatik aloqalar mavjud emasligi tufayli gruzin hukumati tashabbusi bilan Gruziya hududida Rossiya prezidenti saylovi bo‘lib o‘tmaydi.

Vladimir Putin saylovda kimga ovoz berdi?

Ovoz berishdan keyin jurnalistlar Prezidentni savolga tutishdi, Putin esa o‘z uslubida javob berdi. OAV xodimlarining tagdor savollariga davlat rahbari ham hazilomuz va tagdor qilib javob qaytardi.

AQShda ikki boshli ilon topildi (video)

Fermer uni veterinarlarga taqdim etgan. Mutaxassislarning aniqlashicha, ilonning nafaqat boshi, balki yuragi, qizilo‘ngachi ham ikkitadir. Bu tabiatda uchraydigan kamyob hodisadir. Lekin alohida ovqat hazm qilish sistemasiga ega bo‘lish yovvoyi muhitda jonivorlar uchun yashash imkoniyatini pasaytiradi.

Tavsiya qilamiz

Jahondagi turli «kuch markazlari»ning geosiyosiy qarama-qarshiligi axborot makoniga ko‘chdi

Rus yozuvchisi Anton Chexovning «Oltinchi palata» qissasi yodingizdami? Bosh shifokor mansabini egallash maqsadida bosh shifokor o‘rinbosarining xatti-harakatlari axborot xurujini eslatmaydimi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring