Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Foto:«Madaniyat.uz»

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirligi Samarqand viloyati madaniyat boshqarmasiga Sharofov Baxodir Negmatovich rahbar etib tayinlandi. Bu haqda madaniyat vazirligi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

B.Sharofov mehnat faoliyati davomida «Samarqand-STV» teleradiokompaniyasida bosh muharrir, bosh direktor, Samarqand viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, «Darakchi» nashriyot uyi tahririyati ijodiy ishlar bo‘yicha direktor lavozimlarida ishlagan. 2014-yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand viloyat musiqali drama teatri direktori va badiiy rahbari sifatida faoliyat olib borayotgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring