Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda erkak oilaviy janjal tufayli rafiqasining umriga zomin bo‘ldi

Samarqandda erkak oilaviy janjal tufayli rafiqasining umriga zomin bo‘ldi

Foto:«Sof.uz»

2019-yil 13-may kuni Samarqand tumanida yashovchi 41 yashar N.T. mast holda uyida oilaviy janjal tufayli mast holda bo‘lgan rafiqasi 40 yoshli Sh.A.ning yuzi, boshi va badanining turli joylariga qo‘llari va chinni idish bilan urib jarohat yetkazgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada Sh.A. olgan tan jarohatlari tufayli vafot etgan. N.T. qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deya yakuniy izoh berilgan IIV xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring