Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda inspektorlarning atigi 15 foizi yuridik ma’lumotga ega

Samarqandda inspektorlarning atigi 15 foizi yuridik ma’lumotga ega

Foto: «Xabar.uz»

2019-yil mobaynida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi samarali kurashishda viloyat huquqni muhofaza qilish organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarga oid «Yo‘l xaritasi» ishlab chiqildi, deb xabar bermoqda «Zarnews».

Unda ta’kidlanishicha, viloyatda xizmat qilayotgan 697 nafar profilaktika inspektorlarining atigi 105 nafari yuridik ma’lumotga, 5 nafari esa o‘rta-maxsus ma’lumotga ega.

Shu bois Samarqand shahrida Ichki ishlar vazirligi malaka oshirish instituti bilan hamkorlikda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari, birinchi navbatda, profilaktika inspektorlarining bilim saviyasi va kasbiy tayyorgarligini yuksaltirish bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring