Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqandda noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga olindi (video)

Samarqandda noqonuniy oltin qazuvchilar qo‘lga olindi (video)

Skrinshot: «Zamon»

Samarqand viloyati, Paxtachi tumanida yashovchi Laziz Bobonazarovning uyidan tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan 800 kilogramm og‘irlikdagi ruda toshlari topilgan. Bu haqda «Zamon» ko‘rsatuvida hikoya qilinadi.

Shu tumanda yashovchi Jamoliddin Mirzayevning honadonidan ham og‘irligi 400 kilogramm miqdoridagi shunday toshlar topilgan. Mirzayevning aytishicha, u cho‘ponlardan qo‘y sotib olishga borganida ular tarkibida tilla bor deya toshlarni unga pullashgan. 

Samarqand viloyati IIB Paxtachi tumani hududida noqonuniy oltin qazish ishlarini oldini olish maqsadida tadbirlar o‘tkazmoqda. Ularda 9 nafar fuqaro qo‘lga olinib, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring