Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samsung» Notebook 9 ultrabukini yangiladi: endi u kuchli batareya va S-Pen’ga ega

«Samsung» Notebook 9 ultrabukini yangiladi: endi u kuchli batareya va S-Pen’ga ega

«Samsung» Notebook 9 Pen’ni yangiladi.

Foto: Samsung Newsroom

«Samsung» kompaniyasi kelgusi oyda bo‘lib o‘tadigan CES anjumanini kutib o‘tirmasdan o‘zining uchta yangi modelini taqdim etdi. Ulardan biri — Samsung Notebook 9 Pen alohida ahamiyatga ega. «Ikkitasi birda» bo‘lgan 13,3 dyuymli ultrabuk S Pen qalami bilan jihozlangan, deb xabar berdi «Hi-tesh.mail.ru».

«Samsung» Notebook 9 Pen’ni yangiladi, unga Intel Core i7 protsessorining 8-avlodini, shuningdek, 16 Gb tezkor xotira va 512 Gb ichki xotirani joylashtirdi. Samsung Notebook 9 Pen o‘zgarish xususiyatiga ega bo‘lib, undan oddiy noutbuk yoki planshet sifatida foydalanish mumkin. Noutbuk bittadan XDMI, USB-S va oddiy USB portiga, shuningdek, misroSD va Windows 10’ga yuzni skaner qilish orqali kirishni ta’minlovchi Windows Hello kamerali slotga ega.

«Samsung» Notebook 9 Pen ва Notebook 9 қурилмаларини янгилади .
«Samsung» Notebook 9 Pen va Notebook 9 qurilmalarini yangiladi.
Foto: «Samsung Newsroom»

«Samsung», shuningdek, o‘zining 13,3 va 15 dyuymli Notebook 9 modellarini ham yangiladi. Ikkisi ham Core i7 prosessorining 8-avlodi, 15 Gb ichki va 1 terabayt tezkor xotira bilan jihozlangan. 15 dyuymli modelga NVidia MX 150 diskret grafik chipi o‘rnatilgan, biroq ikkala modelning ham piksellari 1920x1080ga teng. Noutbuklar ikkita USB 3.0, bitta XDMI porti bilan hamda misroSD va USB-S slotlariga ega.

Kompaniya o‘z qurilmalariga shu kunga qadar birorta ham noutbukda ishlatilmagan «eng katta va kuchli» batareyalarni joylashtirganini ma’lum qildi. Ular uzoq vaqt o‘z egasiga xizmat qiladi va tezda quvvatlanadi.

Notebook 9 Pen va Notebook 9 qurilmalari 2018-yilning boshida savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring