Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Samsung» o‘zining «maxfiy» tugmalarini namoyish etdi

«Samsung» o‘zining «maxfiy» tugmalarini namoyish etdi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

Hozirda ekranga o‘rnatilgan barmoq izi skanerlari yangi trendga chiqmoqda va «Samsung» bir nechta variantlarni o‘z qurilmalarida qo‘llashni rejalashtirmoqda (masalan, ultratovushli). Kompaniyaga tegishli patentlarda foydalanuvchilar uchun «jismoniy» va «yashirin» skaner tugmalari haqida so‘z boradi, deb xabar berdi «Hi-tech.mail.ru».

Yangi patentda keltirilishicha, «jismoniy» tugma va barmoq izi skaneri qurilmada qoladi, biroq ular ekran ostida joylashadi va foydalanuvchilar uning yordamida odatdagi amallarni bajarishlari mumkin. Bundan tashqari sozlamalar orqali tugma o‘lchamini o‘zgartirish ham mumkin.

Shuningdek, tugmalar vaziyatdan kelib chiqib turli funksiyalarni bajaradi, masalan, kamerani boshqarishi, mobil to‘lovlar tizimi dasturlarini va raqamli yordamchilarni tezda ochishi mumkin. Shu bilan birga foydalanuvchilar uni o‘ziga ma’qul holatga sozlay ham oladi.

Smartfon ekrani korpusning 90 foizini egallaydi. Bu «Galaxy S9» flagmaninikiga qaraganda 6 foizga ko‘proq demakdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring