Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomi aytildi

Saraton keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar nomi aytildi

Foto: «RIA NOVOSTI»

Buyuk Britaniyaning ishlab chiqarish mahsulotlari va xizmatlari sifatini nazorat qilishga ixtisoslashgan «Which» jurnalining yozishicha, ekspertlar saratonni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan eng xavfli mahsulotlar nomini aytdilar. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Shunday qilib, oshqozon va ichak saratonini keltirib chiqaruvchi oziq-ovqat mahsulotlari orasida qayta ishlangan qizil go‘sht ham bor. Ishlab chiqaruvchilar kanserogen hisoblangan nitrat va nitritlar bilan uning saqlash muddatini uzaytirishga va ta’mini o‘zgartirishga harakat qiladilar. JSSTning qayd etishicha, kuniga 50 gramm qayta ishlangan go‘sht iste’mol qilish saratonga chalinish ehtimolini 18 foiz oshiradi.

Saraton keltirib chiqaruvchi yana bir omil shakar iste’mol qilishdir. Olimlar shakar va onkologiya o‘rtasida qandaydir bog‘liqlik borligini isbotlamagan bo‘lishiga qaramay, shirinliklarni ko‘p iste’mol qilish semirishga olib keladi, semirish esa saratonga chalinish xavfini kuchaytiradi.

Maqola mualliflarining yozishicha, pestitsidlar, shirinlashtirgichlar va ozuqaviy qo‘shimchalarning kanserogenligini isbotlashga ko‘p urinilgan bo‘lishiga qaramay, buni isbotlaydigan dalil yo‘q.

Saratonga chalinishning oldini olish maqsadida ekspertlar ko‘k choy, sariq imbir (zarcho‘va), anor, yog‘li baliq, chernika, meva va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya etadilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring