Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saratonga chalinmaslik va qarzdor bo‘lmaslik uchun 20 ta qoida

Saratonga chalinmaslik va qarzdor bo‘lmaslik uchun 20 ta qoida

Foto: Slujba meditsinskoy profilaktiki Moskovskoy oblasti

O‘ttiz yosh — odam kuch-quvvatga to‘lgan davr. Bu vaqtda organizm umrning keyingi bosqichi uchun kuch to‘playdi. Shu sababli ellik yoshingizda ham o‘zingizni yosh va sog‘lom his qilishni istasangiz, quyidagilarga rioya etishingiz kerak bo‘ladi.

1. Oilaviy munosabatlarni yanada yaxshilash

Aksariyat insonlar keksalikda oilasiga vaqt, mehr ajratmaganidan afsuslanadilar.

2. Kuningizni ochiq havo bag‘rida ko‘proq o‘tkazing

Toza havo tinchlantiruvchi va tetiklashtiruvchi xususiyatga ega. Tabiatdan bahra olishga uyalmang. Har qanday vaziyatda ham tabiatning fusunkor go‘zalligini, shifobaxsh kuchini his qiling.

3. Tanani harakatlantirib turish

Muntazam sport bilan shug‘ullanish sog‘lomlik va uzoq umr ko‘rish garovi hisoblanadi. Shu sababli ko‘proq harakatlanishga, o‘zingiz uchun qayg‘urishga odatlaning.

4. Yoqtirmagan taomlardan yoki geni o‘zgartirilgan mahsulotlardan tiyiling

Barcha qayta ishlov berilgan oziq-ovqatlarni ona tabiat in’om etgan tabiiy mahsulotlarga almashtiring. Tabiiylik umringizni uzaytiradi.

5. Chekishni bas qiling

Chekish inson umrini qisqartirishini bilsa-da, minglab insonlar undan voz kecholmaydi. Ta’kidlash joiz, chekishdan voz kechish sog‘lom va uzoq umr ko‘rishning asosiy sabablaridan hisoblanadi.

6. Pulingizni tejang

Aytgancha, sizning pul jamg‘armangiz bo‘lsa kerak. Uni sovurgandan ko‘ra, keyinroqqa olib qo‘yganingiz ma’qul.

7. Bugungi kun bilan yashang

Agarda doim o‘tgan yoki kelajakda bo‘ladigan holatlar bilan boshingizni band qilsangiz, buguningizni boy berasiz. Buning o‘rniga bugungi kundan bahra olishni o‘rganing.

8. Maqsad qo‘ying

Maqsadingiz sari harakat qiling, ulardan voz kechmang. Muvaffaqiyatga erishishning eng maqbul yo‘li maqsadga intilishdir.

9. Uyqu

Sakkiz soatdan kam uxlamang.

10. Tishlaringiz haqida qayg‘uring

Tish og‘rig‘ining asosiy sabablari tish gigiyenasining yomonligidan. Shu sababli tishlaringiz uchun vaqt ajrating. Ularni yaxshi holatda saqlashga harakat qiling.

11. Moddiy boylik o‘rniga shirin xotiralar

Moddiy boyliklar uchun qayg‘urgandan ko‘ra, shirin xotiralarni yodga olib yashash insonlarga o‘zgacha shavq bag‘ishlashi fan tomonidan isbotlangan.

12. Yaxshilik qilishga shoshiling

Insonlarga yaxshilik ulashib yashash, yaqinlarning xursandchiligini ko‘rish sizga quvvat bag‘ishlaydi.

13. Sizni qo‘rqitayotgan narsalarni yenging

Sizni qo‘rqitayotgan holatlardan qochmang! Qo‘rquvni yengish uchun aynan o‘sha ishni qiling. Shunda qo‘rquv sizni boshqarmaydi.

14. Mutolaa

Kitob o‘qish dunyoqarashingizni kengaytiradi, bilimingizni oshiradi. Vaqtlar keladiki, televizor orqali ko‘rgan teleshouni emas, balki fikringizni yanada to‘lishtirgan, aqlingizni charxlagan, yangi g‘oyalarga undagan kitobni eslaysiz.

15. Sayohat qiling

Dunyo kezing. Diqqatga sazovor joylarni o‘rganing. Yangi tanishlar orttiring va ongingizni yangi g‘oyalar bilan to‘ldiring.

16. O‘zingizni tushuning va yaxshi ko‘ring

O‘zingiz uchun vaqt ajrating. Yaxshi ko‘rgan ishlaringizni bajaring. Bu sizni baxtli qiladi.

17. Kundalik tuting

Kundalikka tajribalaringizni, xotiralaringizni yozib boring. Keyinchalik ularni o‘qiganingizda yuzingizga shirin tabassum yugurishi aniq.

18. Do‘stlaringiz uchun vaqt ajrating

Kerak bo‘lsa, ular uchun o‘zingizni qurbon qilishga ham tayyor turing. Unutmang, hozir siz qurayotgan do‘stlik ko‘prigi umr bo‘yi sizga xizmat qiladi.

19. Eski-tuskilardan voz keching

Eski narsalaringizni sotishga yoki berib yuborishga odatlaning. Tozalikni birinchi o‘ringa qo‘ying. Bu sizning yengil nafas olishingiz va o‘zingizni erkin his qilishingiz uchun yordam beradi.

20. O‘z bog‘ingizni yarating

O‘simliklar yoki mevali daraxtlar o‘tqazing. Ellik yoshga yetganda ularning mevasidan bahramand bo‘ling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring