Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistoni shahzodasi Isroil haqida kutilmagan bayonot bilan chiqdi

Saudiya Arabistoni shahzodasi Isroil haqida kutilmagan bayonot bilan chiqdi

Foto: «thegreatmiddleeast.com»

Bugun, 3-aprel kuni Saudiya Arabistoni qirolligining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon ol Saud isroilliklarning o‘z davlatiga ega bo‘lish huquqi haqida gapirdi. 

«Falastinliklar ham, isroilliklar  ham o‘z yeriga ega bo‘lish huquqiga ega. Mintaqada normal munosabatlar o‘rnatish va barqarorlikni ta’minlash uchun biz tinchlik bitimini tuzishimiz lozim», — degan Muhammad bin Salmon «Atlantic» jurnaliga bergan intervyusida.

Kuzatuvchilar ikki davlat o‘rtasidagi yaqinlashuv belgilarini qayd etishgan. Masalan, mart oyining oxirida Saudiya Arabistoni o‘z tarixida ilk bora Tel-Avivga uchayotgan yo‘lovchi samolyotiga o‘z havo yo‘lidan foydalanishga ruxsat bergan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring