Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Saudiya Arabistonida qor yog‘di (foto)

Saudiya Arabistonida qor yog‘di (foto)

Foto: «Instagram»

Saudiya Arabistoni shimolidagi Jabel al-Lauza tumanida qor yog‘di.

To‘g‘ri, bizning qarich bilan o‘lchanganda bu qordan ko‘ra qirovga yaqinroq narsa. Ammo «qalovini topib qorni ham yondiradigan» arablar shundan ham pul ishlash yo‘lini topishdi: ayrim joylarda chana va chang‘ilarni ijaraga beradigan shoxobchalar ochilgan.

Foto: «Instagram»

Tabuk viloyatining dengiz sathidan 2,5 ming metr balandlikda joylashgan ushbu tumanida, ikkinchi yildirki, qor yog‘moqda.

Foto: «Instagram»

Tabuk kelajak shahri — Neom global loyihasining bir qismi sanaladi. Bu yerda turizm infratuzilmasini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring