Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kapitan Sayfutdinova Toshkent IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i etib tayinlandi

Kapitan Sayfutdinova Toshkent IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i etib tayinlandi

Foto: IIBB matbuot xizmati

Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘i — bosh boshqarma boshlig‘ining matbuot kotibi lavozimiga kapitan Sayfutdinova Irina Vladimirovna tayinlandi.

Irina Sayfutdinova 1974 yilda Toshkent viloyati, Olmaliq shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 1997 yil O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining «Vatanparvar» gazetasida muxbir, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Birlashgan tahririyatida bo‘lim mudiri, Toshkent shahar IIBB Axborot multimedia markazi boshlig‘ining o‘rinbosari — bosh muharrir lavozimlarida mehnat qilgan.

Axborot multimedia markazi boshlig‘ining o‘rinbosari — bosh muharriri vazifasini bajaruvchi lavozimiga katta serjant Shirayeva E’tibor Rustamovna tayinlandi.

Shirayeva E’tibor Rustamovna 1985 yilda Xorazm viloyati, Xiva shahrida tug‘ilgan. Oliy ma’lumotli. 2004 yil Xiva shahar pedagogika kasb-hunar kollejini huquqshunos-iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha hamda 2010 yil O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya institutining (h.v. O‘zDJTSU) bakalavriat va 2012 yil Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universitetining jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha magistratura ta’lim yo‘nalishlarini tamomlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring